• Suvli iliq pol

     

    Issiqlik manbai sifatida issiq suvdan suvdan foydalanganda tizimning ishlash tartibi ancha sodda. Issiqlik radiatorlari ơrniga pol sathiga maxsus bukiluvchan quvur ơrnatiladi. Bu quvur orqali issiq suv aylanadi. Issiqlik manbai sifatida yoki markaziy isitish tizimi yoki gazda ishlaydigan buğ qozon xizmat qiladi. Komfort nuqtai nazaridan qaraganda markaziy isitish tizimi bilan bơlgan variant uncha qulay emasligi tơğri. Bu holda har kuzda sutkalik ơrtacha harorat belgilangan nuqtaga etishini va kommunal xizmatlar navbatdagi isitish mavsumini boshlashini kutishga tơğri keladi. Bundan tashqari suvli variant faqat xususiy uy egalari uchun mavjud. Aksariyat kơp qavatli kvartirali uylarda isitishning bunday variantini qurishga hech kim ruxsat bermaydi. Zamanaviy yangi qurilgan binolar bundan istisno, bunday uylarda iliq pollar ơrnatish imkoniyati loyihalash davridayoq hisobga olingan va bunday binolar bunday pollarni ulash uchun alohida “stoyak”larga ega. Har holda aniq javobni uy-joy kommunal hơjaligiga murojaat qilib olasiz. Suv bilan isitiladigan iliq polni ruxsatsiz ơrnatish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    “Kondisioner Info” kompaniyasi mutaxassislari suv bilan isitiladigan iliq pollarni arzon narxlarda sifatli ơrnatishadi va ish sifatiga kafolat berishadi. Shuningdek, Toshkent va Toshkent viloyatining barcha joylarida ishga tushirish-soshlash ishlarini bajarishadi. Agar uyingizni iliq pol bilan ta'minlashni istasangiz, "Server Service" kompaniyasiga murojaat qiling va xodimlarimiz sizni qiziqtirgan barcha savolarga javob berishadi.

     

     

  • Iliq pollarni ơrnatish

    Iliq pollarni ơrnatishIliq pollarni ơrnatish texnologik jarayondir va shu sababli mutaxassislar tomonidan bajaralishi kerak. Kompaniyamiz mutaxassislari yotqizma isitish tizimlarini hamda elektr iliq pollarni  montaj qilish bơyicha katta tajribaga ega.

    Kollektor guruhini ơrnatish

    Birinchi navbatda kollektor shkafi ơrnatiladi. Shkaf ichida quvurlar ulanadi hamda boshqaruvchi ayrim elementlar joylashtiriladi. Shkaf ơrnatilgandan keyin shkafga beruvchi va orqaga qaytuvchi quvurlar kiritiladi, yopuvchi armatura, tơkish krani va havo trqatgich  ơrnatiladi.

    Yuzani tayyorlash

     Ushbu bosqichda yuzani tozalash va polni tekislash amalga oshiriladi. Shundan sơng pol sathiga gidroizolyasiya rolini bajaruvchi plyonka tơshaladi hamda butun xona perimetri bơyicha demfer tasmasi elimlanadi. Shundan keyin issiqlik izolyasiyasi qavati ơrnatiladi.Hozirgi kunda zamonaviy qurilishda issiqlik izolyasiyasi uchun eng keng tarqalgan material – bu polistiroldir. Suv bilan ishlaydigan iliq pol tizimi uchun zichligi 35 kg/m3 dan kam bơlmagan polistiroldan foydalanishni maslahat beramiz.

    Quvurlarni yotqizish

    Armaturadan tayyorlangan tơr yordamida montaj qilish keg tarqalgan usul hisoblanadi. Tơr quvur va issiqlik izolyasiyasi oraliğiga ơrnatiladi. Quvur sim yordamida mahkamlanadi. Shuningdek quvurni issiqlik izolyasiyasida ushlab turuvchi maxsus mahkamlovchi tasmalar yoki klipsilar mavjud. Har bir kontur uzunligi 90 metrdan oshmasligi kerak, qadami esa 10 dan 35 sam gacha bơladi.

    Suv bilan isitiladigan pol montaji.Montaj quyidagicha bajariladi: quvurning bir boshi uzatuvchi kollektorga ulanadi va konturni yotqizishga kirishiladi. Har bir sirtmoq quvurning bitta, butun bơlagi bilan yotqizishga harakat qilinadi. Bu bilan oqishlar yuzaga kelish xavfi kamaytiriladi. Keyin quvurlarning bơsh boshi qaytaruvchi kollektorga ulanadi. Qorishma bilan polni yakuniy tơldirishdan avval tizimning ishonchliligiga ishonch hosil qilish uchun gidravlik sinov ơtkaziladi.Kompaniyamiz suvli, elektr, infraqizil iliq pollarni plitkali, laminatli va boshqa qoplamali pollar uchun loyihalash va ơrnatish bơyicha barcha turdagi ishlarni  amalga oshiradi.

     

     

       

    1a. Sơngi ishlov berish qoplamasi (parket,laminat) 
    1b. Sơngi ishlov berish qoplamasi (plitka)
    2а. Tag qoplama  (kơpirtirilgan polietilen , karton va hokazolar)
    3. Thermotech>MIDI<Composite  issiqlik quvuri
    4. Armatura tơri
    5. Isitkich  (polistirol)

    6. Asos