Kondisiyalashning markazlashtirilgan tizimlari (chiller-fankoyl)

чиллер-фанкойл

Chiller-fankoyl tizimi – havoni markazlashtirilgan, kơp zonal kondisiyalash tizimidir. Bu tizimda markaziy sovitish mashinasi (chiller) va mahalliy issiqlik almashtiruvchilar (havoni sovitish uzellari, fankoyllar) ơrtasida issiqlik eltuvchi bơlib nisabatan past bosimda sirkulyasiyalanuvchi sovitiligan suyuqlik – oddiy suv (tropik iqlimda) yoki etilenglikolning suvdagi eritmasi (mu'tadil va sovuq iqlimda) xizmat qiladi. Tizim tarkibiga chiller va fankoyldan tashqari ular orasidagi quvur razvodkasi, nasos stansiyasi (gidromodul ) va avtomatik boshqarish kichik tizimi kiradi.

Fankoyl – havoni  kondisiyalovchi chiller-fankoyl  turidagi tizim elementidir. Kamida kondisiyalanuvchi xonada havoni resirkulyasiyalash va sovitishga  mơljallangan. Issiqlik eltuvchi bơlib markazlashtirilgan sovitiluvchi suv yoki etilenglikolning suvdagi muzlamaydigan eritmasi xizmat qiladi.  Fankoylning ơzida faqat issiqlik almashtiruvchi (suv radiatori) va u orqali xona havosini ơtkazuvchi ventilyator joylashgan. Murakkabroq tizimlarda shuningdek  fankoyl oqib keluvchi ventilyasiyani (xona havosini tomdagi kondisionerdan keladigan tashqi havo bilan aralashtirish) va xonani isitishni ham ta'minlashi mumkin.Fankoyllar kondisiyalanadigan xonalarga ơrnatiladi va split-tizimlarning ichki bloklari bajaradigan rolni bajaradi. Chiller-fankoyl tizimi an'anaviy multi-split tizimlardan yoki multizonal tizimlardan farqli ravishda qator afzalliklarga ega:Chiller va fankoyl orasidagi masofa faqat nasos stansiyasi quvvati bilan belgilanadi va bir necha yuz metrni tashkil etishi mumkin.Tizimda fankoyllar miqdori cheklanmagan va faqat chiller quvvatiga boğliq.Chillerni fankoyllar bilan ulash uchun qimmat bơlgan mis freon kommunikasiyalaridan emas oddiy vodoprovod quvurlaridan foydalaniladi.

  • Markaziy kondisiyalash tizimlariga xizmat kơrsatish

    Ремонт чиллеров

    Markaziy kondisiyalash tizimlariga xizmat kơrsatishni muntazam amalga oshirish kerak, chunki vaqtida aniqlanmagan kamchiliklar albatta iqlim tizimining buzilishiga  olib keladi. Buning natijasida qimmatli tuzatish yoki yangi uskuna sotib olish uchun sarflar iqlim tizimiga texnik xizmat kơrsatishdan kơra kơp marotaba qimmatga tushadi.

  • Markaziy kondisiyalash tizimlarini loyihalash

    проектирование центральных систем кондиционтрования

    “Kondisioner Info” kompaniyasining loyhilash bơlimi havoni ventilyasiyalash va kondisiyalash tizimlari uchun loyiha topshiriqlarini bajarish bơyicha ishlarni sifatli va mukammal bajaradi.

    Havoni ventilyasiyalash va kondisiyalash bơyicha  zamonaviy jihozlar majmui turli hil texnik echimlarni amalga oshirishga imkon beradi. Bir tomondan muhandislik-konstruktorlik fikri uchun keng imkoni tlar tuğdiradi va narx, energiya samaradorligi, yaratiladigan shinamlik darajasi, montaj murakkabligi va boshqalar nuqtai-nazaridan eng optimal bơlgan variantlarni tanlash imkonini beradi.

  • Markaziy kondisiyalash tizimlarini tuzatish

    Ремонт чиллеров Markaziy kondisiyalash tizimlarini (chiller-fankoyl) tuzatish tuzatuvchi ustaning yuqori malakaga ega bơlishini va sifatli maxsus bilimni talab etadi.  Bu uzoq xizmat qilish muddatiga mơljallangan qimmat texnika va butun binodagi qulay harorat bu texnikaning ishlashiga boğliq bơlishi mumkin.